Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati, tuman hokimi M.Buranov, 10-Nurbuloq saylov okrugi deputati S.Suyarov hamda tuman hokimining o‘rinbosarlari ishtirokida Nurbuloq mahallasida yashovchi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvda aholiga "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berdi.
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi alohida binoga chiqdi
янв.21
Deputat_so'rovi
янв.21
Deputat 17-son maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Deputatlar va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Deputat tomonidan jinoyatning oldi olindi
янв.21
Deputat aholining muammolarini hal etmoqda
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Deputat – Kelajak soati darsida!
янв.21
Ilmli ayollar uchrashuvi
#jarayon

Nogironligi mavjud shaxslarga imtiyozlari amalda to‘g‘ri va to‘liq qo‘llanilishi holati o‘rgandi.

Nurafshon shahrida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri K.Umarboyev va 11-Ma’rifat saylov okrugidan saylangan deputat A.Hamidov tomonidan oʻz saylov hududida fuqarolarga berilgan imtiyozlarning amalda qoʻllanilishi holatini oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish jarayoni asosan nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning toʻgʻri va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlashga qaratildi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar belgilandi. Xususan, imtiyozlarni qoʻllash mexanizmlaridagi kamchiliklarni tuzatish va nogironligi mavjud shaxslarning qonuniy huquqlarini toʻliq taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar rejasi tasdiqlandi.

Ushbu amaliy ishlar shahar Kengashi tomonidan aholi, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam huquqlari himoyasini kuchaytirishga boʻlgan ustuvor eʼtiborni ifodalaydi.

Slide 1 of 6