Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashiga 10-Boyqo‘rg‘on saylov okrugiga saylangan deputat A.Yusupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-sonli qarorining Boyqo‘rg‘on MFYdagi ijrosini o`rgandi.
O‘rganish davomida Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishdi