✅2026-yil 29-yanvar kuni tumanning “Do‘stlik” mahallasida joylashgan 1-sonli MTMda “Ma’naviyat karvoni” doirasida muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
✅Tadbirda xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati J.Xamidov va MTM mas’ullari ishtirok etdilar.
✅Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Nishonov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi farovonligini oshirish, inson qadrini ulug‘lash, ta’lim-tarbiya va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida belgilangan ustuvor vazifalar haqida gapirib o'tdi.
✅Ta’kidlanganidek, Prezidentimizning Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi Yangi O‘zbekistonni barpo etishda muhim dasturiy hujjat bo‘lib, unda barcha sohalarni rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsad va vazifalar belgilab berilgan.