Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati hududlarda kuz-qish mavsumida isitish tizimini o'rgandi.
янв.21
Deputat tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Deputat saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi
янв.21
Doimiy komissiyalarning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Kengash raisi va "Mahalla yettili"gi hamkorligi
янв.21
Bozorlardagi narx-navolar — deputatlik nazorati markazida
янв.21
Tuman Kengashi deputati "Mahalla yettili" bilan hamkorlikda
янв.21
Murojaatlar o'rganilmoqda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va tuman Kengashi deputatlari hamkorligi
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash masalalari o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Laziza Sobirjonova Yaxshi Niyat mahallasida bo‘lib, mahallada yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.

O'rganish davomida mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlarni ijtimoiy faollikka jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Deputat yoshlar bilan suhbatlashib, ularning taklif va muammolarini tingladi, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Uchrashuv yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3