Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi Nurobod tumanida muhokama qilindi
янв.21
Tuman Kengashi deputati Prezidentimiz murojaatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Prezidentimiz murojjatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
янв.21
Nurobod tumani Oqsoy mahallasida aholi bilan uchrashuv otkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va tuman Kengashi deputatlari hamkorligi
янв.21
Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
янв.21
Deputat Jarquduq mahallasida qabul o‘tkazdi.
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.
Oliy Majlis Senati 11-yalpi majlisi qarorlari bo`yicha hududlarda targ`ibot ishlari izchil davom etmoqda

 O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 11-yalpi majlisi yakunlari bo`yicha belgilangan ustuvor vazifalar hamda qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, ularni keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida keng ko`lamli targ`ibot-tashviqot ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ushbu faoliyatning asosiy maqsadi — Senat majlisida
ko`rib chiqilgan hujjatlarning amaliy mohiyatini aholi ongiga yetkazish, islohotlarning mohiyati va ahamiyatini chuqur tushuntirish orqali ular ijrosi ustida jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdir.
Shu munosabat bilan joylarda turli uchrashuvlar, seminarlar, ochiq muloqotlar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Z. G`ofurova tomonidan o`tkazilgan davra suhbatida Senatning 11-yalpi majlisida ko`rib chiqilgan masalalar, jumladan, ijtimoiy himoya tizimini yanada kuchaytirish, hududlarni kompleks rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishga doir qarorlarning mazmuni batafsil tushuntirildi. Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglandi, aholining o`zini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi. Muloqot jarayoni ochiq, konstruktiv ruhda o`tdi va deputat tomonidan Senat qarorlarining joylarda samarali amalga oshirilishiga
oid misollar keltirib o`tildi.
Shuningdek, bunday uchrashuvlar aholining davlat siyosatidan xabardorligini oshirish, islohotlarda ularning faol ishtirokini ta`minlash hamda mahalliy darajadagi muammolarni joyida aniqlash va ularni hal etishga ko`maklashish imkonini bermoqda. Mazkur targ`ibot-tashviqot tadbirlari davomli ravishda tashkil etilishi ko`zda tutilgan bo`lib, ularning samaradorligi hududlarda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijalarida o`z aksini topishi kutilmoqda. 

   

Slide 1 of 6