Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman Kengashi deputati "Mahalla yettili" bilan hamkorlikda
янв.21
Murojaatlar o'rganilmoqda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va tuman Kengashi deputatlari hamkorligi
янв.21
Tuman Kengashi deputati aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi Nurobod tumanida muhokama qilindi
янв.21
Tuman Kengashi deputati Prezidentimiz murojaatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Prezidentimiz murojjatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
янв.21
Nurobod tumani Oqsoy mahallasida aholi bilan uchrashuv otkazildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va tuman Kengashi deputatlari hamkorligi
янв.21
Deputat va “Mahalla yettiligi” hamkorligi
#Munosabat

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi munosabatlar yangi, strategik bosqichga ko‘tarilayotgani mamlakatimiz tashqi siyosatining izchilligi va ochiqlikka asoslangan yo‘nalishini yaqqol namoyon etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar va “inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan davlat siyosati xalqaro hamjamiyat, jumladan AQSh tomonidan ham yuqori baholanmoqda. 

O‘zbekiston va Amerika o‘rtasidagi strategik muloqot nafaqat siyosiy va iqtisodiy sohalarda, balki ta’lim, ekologiya, innovatsiya, inson huquqlari va xavfsizlik sohalarida

ham samarali natijalar bermoqda. Xususan, C5+1 formati doirasidagi hamkorlik mintaqaviy barqarorlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Parlamentlararo hamkorlik va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi muloqot ham ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Bu yo‘nalishdagi amaliy qadamlar xalqlarimizning o‘zaro anglashuvini chuqurlashtirib, barqaror va uzoq muddatli sheriklikni ta’minlaydi. 

hu ma’noda, O‘zbekiston – Amerika munosabatlarining yangi bosqichi mamlakatimiz taraqqiyoti, mintaqaviy tinchlik va jahon miqyosida barqaror rivojlanish yo‘lidagi muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Xalq deputatlari Qo'ng'irot tumani Kengash deputati O.Muxanov

Slide 1 of 1