Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
янв.21
Kengash raisi va "Mahalla yettili"gi hamkorligi
янв.21
Bozorlardagi narx-navolar — deputatlik nazorati markazida
янв.21
Tuman Kengashi deputati "Mahalla yettili" bilan hamkorlikda
янв.21
Murojaatlar o'rganilmoqda
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati va tuman Kengashi deputatlari hamkorligi
янв.21
Tuman Kengashi deputati aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi loyihasi Nurobod tumanida muhokama qilindi
янв.21
Tuman Kengashi deputati Prezidentimiz murojaatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati Prezidentimiz murojjatnomasi bo‘yicha targ'ibot olib bordi.
Termiz tumanidagi “M. Eshtemirov” mahallasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi:

Termiz tumanidagi “M. Eshtemirov” mahallasida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi:

Mahalla yettiligi hamda deputatlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat natijalari muhokama qilindi.

Deputat nazorati ostida amalga oshirilayotgan ishlar:

— Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni jamiyatga faol jalb qilish, ularni kasbga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilgan turli tadbirlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

— Hokim yordamchilari tomonidan kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy ishlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

— Mahalla soliq inspektori esa soliqqa oid majburiyatlarning bajarilishi, tadbirkorlar va aholining o‘z vaqtida soliq to‘lashi ustidan monitoring olib bormoqda.

— Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam ko‘rsatish, bu jarayonning samaradorligi va adolatli tashkil etilishiga xizmat qilinmoqda.

Eslatma: PQ-134-son qarori ijrosi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-maydan 2027-yil 1-aprelgacha “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali kam ta’minlangan oilalarning elektr va gaz uchun sarflanadigan to‘lovlarining bir qismi davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.

M.Eshtemirov mahallasida ushbu jarayon deputatlar, hokim yordamchilari va ijtimoiy xodimlar hamkorligida kelishilgan tartibda olib borilishi belgilandi. Shuningdek, yordamga muhtoj biror bir oila yoki shaxs nazardan chetda qolmasligi, barcha ehtiyojmandlarga adolatli va to‘liq yordam ko‘rsatilishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek mahalla hududida E’tibor qaratish zarur bo‘lgan ishlar:

Mahalla hududida tozalikni ta’minlash;

Daraxt ekish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish;

Aholining faolligini oshirish;

Slide 1 of 6