Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 7-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengash deputatlari tomonidan sayyor qabuli bo'lib o'tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Nurobod tumanida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.Tuxtashev o'rganish ishlari olib bormoqda.
янв.21
Nurobodda Oliy Majlis Qonunchillik palatasi deputatlari o'rganishlar olib bormoqda
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Aholiga yurtimizda bo‘layotgan yangiliklar yetkazilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputatlarning partiya guruhining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Jamoat transportini tartibga solish Kengash nazoratida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi tomonidan Kogon shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, deputatlik nazoratini amalga oshirish, aholi muammolarini o'rganish va hal etish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jamoat transportini tartibga solish ham shular jumlasidandir. 2023-yil 6 dekabr kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Rustam Muktumov, Transport nazorat inspeksiyasi xodimlari hamda shahar Ichki ishlar bo'limi yo'l patrul xodimlari bilan hamkorlikda Kogon shahrida faoliyat olib borayotgan jamoat transporti faoliyati bilan tanishdi.

Kogon shahrida bugungi kunda 22 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, 63.5 ming nafar aholiga sifatli va xavfsiz transport xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha 12 ta yuridik korxonalar tomonidan yo‘lovchilar tashish xizmati faoliyatini olib bormoqda. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 07-iyuldagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risi”dagi PQ-311-sonli qarori yuzasidan Kogon shahrida bugungi kunda 500 dan ortiq transport vositasiga o‘zini o‘zi band qilish orqali litsenziya varaqasi rasmiylashtirib berilgan.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16-fevraldagi “Jamoat transport tizimini islox qilish choratadbirlari” to‘g‘risidagi 59-sonli qarorida Toshkent shahrida hamda viloyatlarda 1000 dan oshiq avtobus va elektrobuslar xarid qilish va elektron to‘lov tizimiga ya’ni yo‘nalishlarida cheklangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchilar tashishni brutto shartnoma asosida tashkil etish va moliyalashtirish tizimini bosqichma-bosqich joriy yetish to‘g‘risidagi ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki jamoat transportiga bo‘lgan talab yildan yilga oshib hamda rivojlanib bormoqda. Joriy yilning yanvar-noyabr oyilarida Kogon shahrida reyd tadbirlarida noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar aniqlanib, ularga nisbatan tegishli tartibda Ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Hozirda boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan shahardagi barcha jamoat transport yo‘nalishlari aholi soni, zichligi, shahar markazidan uzoqligi, bozorlar va ijtimoiy soha obyektlari joylashishidan kelib chiqqan holda faoliyat olib borayotgan va faoliyati vaqtincha to‘xtab qolgan yo‘nalishlarni rentabel va norentabel toifalarga ajratib, shaharning barcha mahallalaridan o‘tuvchi sifatli hamda arzon Jamoat transportlarining qatnovlarini qayta yo‘lga qo‘yish infratuzilmasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, shahardagi mavjud 12 ta yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari bilan suhbat o‘tkazilib, yo‘nalishda qatnovchi transport vositalarini bosqichma-bosqich zamonaviy avtobus va mikroavtobuslarga o‘zgartirish bo‘yicha targ‘ibot hamda tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Jamoat transportini tartibga solish nazorat tadbirida, narx-navoni sun'iy oshirmaslik, transportlarni doimiy texnik ko'rikdan o'tkazish, tegishli litsenziyaga ega bo'lmay turib faoliyat yuritmaslik, belgilangan qonun qoidalarga qat'iy amal qilish bo'yicha tushuntirish berildi. Jamoat transportini tartibga solish muntazam ravishda Kengash nazoratida bo‘ladi. Ushbu nazorat tadbirlari davom etmoqda.... 

Slide 1 of 1