Yangiliklar

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 21-“Qo‘shariq” saylov okrugi deputati M.Buvabekov tashabbusi bilan Andijon shahri “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘inida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

 Andijon davlat tibbiyot institutining malakali professor-o‘qituvchilari ishtirokida
Andijon shahar “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholini bepul tibbiy
ko‘rikdan o‘tkazish tadbiri tashkil etildi.
 

Tadbirning asosiy maqsadi aholi salomatligini muhofaza qilish, jismoniy va ruhiy
holatini o‘rganish, og‘ir va surunkali kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, profilaktika
choralarini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, tibbiy xizmatdan samarali
foydalanish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish va tibbiy bilimlarni ommalashtirish
ham ushbu tashabbusning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
  

Slide 1 of 4