VII chaqiriq Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining navbatdagi 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
➖2025-yilgi tuman mahalliy budjetini tasdiqlash hamda daromadlar va xarajatlarning prognoz ko‘rsatgichlarini belgilash to‘g‘risida;
➖ Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi, kengash faoliyati va doimiy komissiyalarning 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
➖ Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-martdagi 145-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Z.Axmedovaning hisoboti to‘g‘risida;
➖ Sardoba tuman hokimining 2024-yil 4-martdagi 58-9-127-Q/24-sonli qarorining ijrosi yuzasidan tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘ining hisoboti.
Sessiya ishi tuman hokimligining (https://www.instagram.com/sardoba_xabarlari.uz/)Instagram (https://www.facebook.com/profile.php?id=61568078922252) dagi rasmiy sahifasida jonli efirga uzatildi.