Yangiliklar

Deputatlar o‘quvchilar bilan yangi o‘quv yilini qarshi oldi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati B.Misratullayev yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 3-sonli umumta’lim muassasasida o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirlarida ishtirok etdi.

Deputatlar maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilarining xonalariga kirib, ular bilan suhbatlashdi. Jajji o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida a’lo baholar, mustahkam bilim va katta yutuqlar tilandi.

Shuningdek, 1-sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan sharoitlar, sinf xonalarining jihozlanishi va ta’lim olish uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishildi.

✨ Maktab ostonasidagi ilk qadam — buyuk orzular sari boshlanadigan yo‘lning boshlanishidir!

Slide 1 of 2