Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, ularning faoliyatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlash va amaliy yechimlar ishlab chiqish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🏃♂️ Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A. Abdumurodov tomonidan Pastdarg‘om tumani “SUVTA’MINOTI” faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tashkilotning faoliyat yo‘nalishlari, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.