35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining o'ttiz to‘rtinchi sessiyasi 24-avgust kuni bo'lib o'tadi.
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining o'ttiz to‘rtinchi sessiyasi 24-avgust kuni bo'lib o'tadi.

📆 Kun tartibidagi asosiy masalalar:

1-masala

Olmazor tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi hamda 2026-yilga belgilangan biznes-rejaning 2026-yil I yarim yillik yakunlari ijrosi to‘g‘risida;

2-masala
Olmazor tumani mahalliy budjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;

3-masala
Olmazor tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish,kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha 2026-yil I yarim yillik ish rejasining ijrosi hamda reja asosida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

4-masala
Olmazor tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 2026-yilda hududlarni obodonlashtirish, sanitariya-tozalash, ko‘kalamzorlashtirish hamda mavjud infratuzilmalarni saqlash va rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risida;

5-masala
Olmazor tumani Elektr tarmoqlari korxonasining aholini muntazam va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

6-masala
“Olmazor-Maxsustrans” avtotransport filialining hududda sanitariya-obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

7-masala
“Olmazor tumangaz” foydalanish xizmati korxonasining tumanda tabiiy gaz ta’minotini barqaror va uzluksiz tashkil etish, mavjud gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

8-masala
Olmazor tumani “Suvsoz” bo‘limining 2026-yilda aholini ichimlik suvi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash, oqova suv xizmatlarini yaxshilash hamda suv ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

9-masala
Shayxontohur-Olmazor tumanlararo oqava suv tarmoqlari boshqarmasining oqava suv tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, mavjud tarmoqlarni ta’mirlash va texnik holatini yaxshilash, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

10-masala
“Toshshaharnur” DUK Olmazor tumani tashqi yoritish tarmoqlarining
2026-yilda amalga oshirayotgan ishlari, mavjud tarmoqlarning texnik holati hamda hududlarni tashqi yoritish bilan ta’minlash samaradorligi to‘g‘risida.

📌 Sessiya davomida aniqlangan muammolarni hal etish, hududda qonun ustuvorligini mustahkamlash va mas’ullarning hisobdorligini oshirish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinadi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slide 1 of 1