ORZU MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Navoiy shahar 6-Yangiariq saylov okrugi deputati Poleshuk Natalya Valerevna xizmat safarida bo‘lganligi sababli, belgilangan reja-grafik asosida Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan Orzu mahallasida xotin-qizlar faoli Ozoda Bohodirovnaning faoliyati o‘rganildi.
📊 O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy-demografik holat, xotin-qizlar bandligi, oilaviy muhit hamda ijtimoiy himoya masalalariga e’tibor qaratildi.
🏘 Mahallada 4 705 nafar aholi va 1 683 ta oila istiqomat qiladi. Shundan ayollar 2 104 nafarni tashkil etadi.
👩💼 “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar soni 4 936 nafar, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar soni esa 115 nafar.
💼 Ishsiz xotin-qizlar soni 9 nafarni, mehnat migratsiyasiga ketgan xotin-qizlar 4 nafarni tashkil etadi.
🤝 O‘rganish yakunida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, oilaviy muammolarning oldini olish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.