35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sessiyaga_kiritiladigon_masala FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

#Sessiyaga_kiritiladigon_masala
#doimiy_komissiya
#Kotibiyat_xududlarda

Sessiyaga_kiritiladigon_masala
FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

🔹 Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar, jumladan, Rishton tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotni doimiy komissiyada eshitish belgilangan.

🔹 Shu munosabat bilan sessiya oldidan mazkur masala bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🔹 O‘rganishda Xalq deputatlari Rishton tuman Kengashining «Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha» doimiy komissiyasi, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Boboyev hamda O‘zLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari R. Jamolov ishtirok etdi.

🔹 O‘rganish davomida Favqulodda vaziyatlar bo‘limida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish borasidagi faoliyat hamda aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.

🔹 O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan masalalar umumlashtirilib, doimiy komissiya yig‘ilishida hisobotni eshitish jarayonida tegishli xulosa va tavsiyalar berish nazarda tutildi.

Slide 1 of 2