35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi 16-“Bodomtepa” saylov okrugi deputati Ashirmatova Xurshida Soliyevna Parkent tumani “Parkentsoy” turar joy majmuasidagi 1.4 va 1.12-ko‘p qavatli uylar holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalari faoliyati, pod’ezd, ichki yo‘lak, yerto‘la, tashqi hudud, obodonlashtirish, yoritish hamda bolalar maydonchasi holati ko‘rib chiqildi.Aholi bilan suhbatda ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaat qabul qilindi. Mazkur muammo yuzasidan vakolatli tashkilotga deputatlik so‘rovi yo‘llash belgilandi.Fuqarolardan uylar, bolalar maydonchasi va umumiy hududlarni toza saqlash hamda infratuzilmaga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi so‘raldi.Turar joy majmuasida qulay yashash sharoitlari, bolalar uchun xavfsiz muhit va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6