35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Navro‘z MFYda 24 ta tavsiya ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati R. Ahmadulin tomonidan Navro‘z MFYda mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ishlar holati o‘rganildi.

Suhbat davomida avval berilgan 24 ta tavsiyaning ijrosi, ularning bajarilish holati hamda mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tavsiyalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mahalla raisiga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1