35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida “Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining
17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Samarobod” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash,ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Suhbat davomida mahalla xotin-qizlar faoli Dilnoza Jamolova tomonidan 2026-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi. Jumladan, “Ayollar daftari”ga 80 nafar xotin-qiz kiritilgani,ularning bandligini ta’minlash maqsadida 12 nafar ayol doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgani ma’lum qilindi.Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan 2 nafar xotin-qizga jami 25 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan. Kasb-hunarga qiziqish bildirgan 8 nafar xotin-qiz turli o‘quv kurslariga jalb etilib, ularga sertifikatlar topshirilgan hamda o‘zini o‘zi band qilishlari uchun amaliy yordam ko‘rsatilgan.Bundan tashqari, 19 nafar xotin-qizga psixologik
yordam ko‘rsatilgani, shulardan 2 nafariga davolanishi uchun homiylik mablag‘lari hisobidan moddiy yordam ajratilgani, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 1 nafar ayolning xonadonini ta’mirlash uchun ham homiylik mablag‘lari hisobidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani qayd etildi. Shuningdek, 21 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgani ma’lum qilindi.O‘rganish davomida xotin-qizlarning muammolarini manzilli o‘rganish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasidagi ishlar yuzasidan fikr almashildi.Uchrashuv yakunida “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish,aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni bandlik va daromadli mehnatga jalb etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3