Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida aholiga suyultirilgan gaz ballonlarining yetkazib berilishi jarayonini o‘rgandi. O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi aholiga suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida va belgilangan tartibda yetkazib berish holati nazoratga olindi. Fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, mavjud masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Deputat tomonidan aholining maishiy ehtiyojlarini ta’minlash, ayniqsa, suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berishda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat sifatini oshirish masalalari doimiy nazoratda bo‘lishi ta’kidlandi.