35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

24 tavsiya asosida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 tavsiya asosida joylarda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Xojiakbar Xolmatov tomonidan “Gumbaz” MFYda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, fuqaroning murojaati tinglandi.

Muloqot davomida murojaatda ko‘tarilgan masala atroflicha o‘rganilib, fuqaroga amaldagi tartib va qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirishlar berildi.

Deputatlar tomonidan aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.