Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 12-Xalqobod saylov okrugidan saylangan deputati L.Kuvondiqov tomonidan saylovchilar va mahalla yettiligi bilan uchrashuvlar davomida bildirilgan murojaatlar asosida Ishtixon tumani Xalqobod mahallasidan o‘tuvchi M-37 xalqaro avtomobil yo‘lida piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash masalasi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.
🔎 So‘rovda mazkur yo‘lning Xalqobod mahallasidan o‘tuvchi qismidagi piyodalar o‘tish joylarining yo‘l chiziqlari rangi o‘chib, ayrim joylarda deyarli ko‘rinmay qolgani qayd etilgan. M-37 xalqaro avtomobil yo‘lida transport vositalari harakatining yuqori tezlikda va jadallik bilan amalga oshirilishini inobatga olib, piyodalar o‘tish joylarining aniq va ravshan belgilanishi muhimligi ta’kidlangan.
🛣 Deputatlik so‘rovida yo‘lning mazkur qismini joyiga chiqib o‘rganish, rangi o‘chgan yo‘l chiziqlarini qayta bo‘yash hamda piyodalar uchun xavfsiz va ko‘rinadigan o‘tish joylarini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.
🤝 Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)