Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 14-Bahrin saylov okrugidan saylangan deputati U.Nurmuxamedov o‘z saylov okrugi hududidagi Qoraqo‘yli mahallasida aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun mavjud sport inshootlari holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalladagi sport inshootlarining holati, ulardan aholi va bolalarning foydalanish imkoniyatlari hamda mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
⚽️ Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, bolalar va yoshlar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mavjud sport inshootlaridan samarali foydalanishni ta’minlash masalalari deputatlik nazorati doirasida o‘rganib borilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)