Tillakamar mahallasida futbol maydonchasi qurilishi o‘rganildi
✅ Tillakamar mahallasida “Open budget” dasturi doirasida barpo etilayotgan futbol maydonchasining qurilish jarayoni tuman Kengashi raisi B.Xaitov hamda Kengash kotibiyati mudiri O.Murodov tomonidan joyiga chiqqan holda birgalikda ko‘zdan kechirildi.
✅ O‘rganish davomida futbol maydonchasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda loyiha talablariga muvofiqligi ko‘rib chiqildi.
✅ Shuningdek, obyektni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash, maydonchadan mahalla yoshlari va bolalarining samarali foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, xavfsizlik talablariga rioya qilish hamda futbol maydonchasini zamonaviy va foydalanish uchun qulay holatda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Mazkur loyiha mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.