📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputatlari Ozodaxon Buzurukxodjayeva va Umid Ruziyev tomonidan aholini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Toshkent shahar Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumiga tashrif buyurildi.
❗️ Tashrif davomida fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallashi hamda bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🔰 Jumladan, texnikumda xotin-qizlarni tikuvchilik kasbiga o‘qitish bo‘yicha tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari ko‘zdan kechirilib, ta’lim jarayoni bilan tanishildi.
✅ Deputatlar tomonidan aholini kasbga o‘qitish va egallangan kasb orqali bandligini ta’minlash, ayniqsa, xotin-qizlarga yangi imkoniyatlar yaratish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.