Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Qurbonova tomonidan Andijon pedagogika texnikumida 2026–2027 o‘quv yili uchun IT va kompyuter yo‘nalishlariga hujjat topshirgan yoshlar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Uchrashuv davomida texnikumning ichki tartib-qoidalari, kiyinish madaniyati, yagona maxsus forma, o‘quv va amaliyot jadvali, ta’lim jarayonida yaratilgan shart-sharoitlar hamda xorijda ta’lim olish va mehnat faoliyatini davom ettirishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardagi faolligini oshirish, zamonaviy kasb-hunar va axborot texnologiyalarini puxta egallashning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.
Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda yoshlarni zamonaviy bilim va kasblarga yo‘naltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.