Ko‘chama-ko‘cha yurib muloqot o‘tkazildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Zamira Rahimova mahalla xotin-qizlar faoli Zamira Davletova bilan birgalikda Bog‘zor mahallasida xonadonbay va ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlari hamda mavjud muammolarni o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida fuqarolarning ijtimoiy-maishiy masalalari, ularni qiynayotgan muammolar va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, aholi manfaatlarini himoya qilish va murojaatlarning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan deputatlar o‘rtasidagi bevosita aloqani mustahkamlash, hududdagi dolzarb masalalarni joyida o‘rganish va xalq vakilligining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.