35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sessiya oldidan o‘rganish: ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo joyida o‘rganildi

Mazkur o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova A. Navoiy mahallasida bo‘lib, aholini qiynayotgan ichimlik suvi bilan bog‘liq muammoni joyida o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichimlik suvi quvurida yorilish yuzaga kelgani sababli ayrim xonadonlarda suv ta’minotida uzilishlar kuzatilgani aniqlandi.

Shuningdek, mavjud quvurlar uzoq yillardan buyon foydalanib kelinayotgani va eskirgani bois ularni yangisiga almashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Muammoni tezkor bartaraf etish maqsadida tuman Suv ta’minoti bo‘limi mutaxassislari jalb etilib, avariya holatini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Slide 1 of 5