DEPUTAT FAOLIYATI – HAFTA DAVOMIDA 3 MAROTABA YORITILDI
Hafta davomida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Abdumurodov Akramning deputatlik faoliyati ijtimoiy tarmoqlarda 3 marotaba yoritildi.
🔹 1 ta axborot navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalani saylov okrugida o‘rganish jarayoniga bag‘ishlandi.
O‘rganish davomida hududdagi mavjud holat tahlil qilinib, fuqarolar fikr va takliflari inobatga olindi hamda sessiyada muhokama etiladigan masala yuzasidan tegishli xulosalar shakllantirildi.
🔹 2 ta axborot deputatning biriktirilgan tashkilot bilan hamkorlik doirasida amalga oshirgan ishlari va deputatlik nazorati tadbirlarini yoritdi.
Hamkorlik davomida tashkilot faoliyati o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.