Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh.To‘raqulova tomonidan "O‘zbekobod" mahallasi aholisi bilan 2026-yilning II choragi yakunlari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar, jumladan, tuman Ichki ishlar bo‘limi, Soliq inspeksiyasi hamda Iqtisodiyot va moliya bo‘limi rahbarlarining hisobotlari yuzasidan saylovchilarning fikr va takliflari o‘rganildi.