🇺🇿 “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida
🌀Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati E. Xamroyev tomonidan o‘z saylov okrugida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan jamoatchilik monitoringi o‘tkazildi.
🏢Xususan, Qaror bilan tasdiqlangan hududiy dasturining 60-maqsadi, 94-bandida nazarda tutilgan 12,25 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar qurish hamda “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 6 taga yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
✍️ Monitoring davomida mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan qurilish ishlari, belgilangan vazifalarning ijro holati hamda amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligi tahlil qilindi.
👍 O‘rganishlar jarayonida davlat dasturida belgilangan maqsadlarning joylardagi ijrosi jamoatchilik fikri asosida tanqidiy baholanib, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.
📌 Davlat dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida monitoring tadbirlari izchil davom ettiriladi hamda natijalari bo‘yicha tegishli axborotlar mutasaddi tashkilotlarga kiritib boriladi.