35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Sifatli qurilish materiallari ishlab chiqarish jarayoni o‘rganildi

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Madaminjon Sodiqov tashabbusi bilan Andijon shahridagi Qurilish materiallari ishlab chiqarish kombinati faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida korxonada ishlab chiqarilayotgan sifatli temir-beton mahsulotlari tayyorlash jarayonlari, ishlab chiqarish quvvatlari hamda mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish jarayonida korxona mutaxassislari bilan hududdagi bunyodkorlik va qurilish ishlarini sifatli qurilish materiallari bilan ta’minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Sifatli mahalliy mahsulotlardan foydalanish shahar infratuzilmasini rivojlantirish va bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 5