Yangiliklar

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Akbar Bekchanov tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Po‘lat Rahmanov ham ishtirok etdi. Jarayonda axborot tizimlari va elektron ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, qonun talablarining amaliy ijrosi hamda mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1