Yangiliklar

Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Nafisa Qurbonova biriktirilgan Tuman axborot-kutubxona markazida o‘rganish o‘tkazdi.

O‘rganish davomida muassasaning ustuvor vazifalari, istiqboldagi rejalari hamda faoliyat samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish va kitobxonlikni rivojlantirish bo‘yicha deputatlik nazorati hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 2