📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar hamda Davlat dasturi ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi – kotibiyat mudiri X. Sultonov, kotibiyat bosh mutaxassisi P. Rahmonov hamda tuman hokimligi mas'uli tomonidan "Halimaxonim" savdo kompleksi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
🛒 O‘rganish davomida savdo kompleksida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, oziq-ovqat va xalq iste'moli mahsulotlari bilan ta'minlanganlik, narx-navoning barqarorligi, mahsulotlarni saqlash sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, korxona rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, aholini sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan uzluksiz ta'minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
✅ O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, Davlat dasturida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta'minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rish yuzasidan mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.