Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev Madaniyat mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
Tashrif davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida mas’ullarga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda mahallada ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook