Yangiliklar

#24_ta_masala #ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi deputati Qobilov Abdullo Daminovich tomonidan tuman markazida joylashgan sport kollejida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Tashrif davomida sport inshootlari, sport zallari hamda sport anjomlarining holati ko‘zdan kechirilib, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.

O‘rganish yakunida mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish, sport obyektlarini saqlash va yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatib boring:👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3