Yangiliklar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Gulchexra Axmedova aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar asosida “Alisherobod” MFY hududidagi 69-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’mirlash ishlarining ijrosini bevosita o‘rganib chiqdi.

O‘rganish jarayonida tashkilot xodimlari ushbu ta’mirlash ishlari o‘tgan yili boshlangani lekin biror-bir natijali ishlar amalga oshirilmayotganligi hamda kelgusidagi natijali xarakatlar xaqida ham ma’lumotga ega emasliklarini ma’lum qilishdi.

Deputat ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotidagi holatlar yuzasidan qurilish mutasaddilari bilan uchrashib, belgilangan ishlarning to‘xtab qolish sabablarini muhokama qildi. Muhokamalar asosida deputat tomonidan mas’ul davlat idoralariga deputatlik so‘rovlari yuborildi.

Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang‘ich qismi hisoblanadi.

Slide 1 of 3