Yangiliklar

#24_masala

DEPUTAT NAZORATIDA: "O‘ZBEKISTON" MAHALLASIDAGI SAVDO DO‘KONLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
​Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati V.Qurbonova o‘zi saylangan okrugdagi "O‘zbekiston" mahallasida joylashgan ozi-ovqat va kundalik ehtiyoj mollari do‘konlari faoliyati bilan tanishdi.
​🔍 O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
​🛍️ Kundalik eng zaruriy mahsulotlar assortimentining yetarliligi;
​⚖️ Ozi-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligi va asossiz oshirilmasligi;
​❄️ Mahsulotlarni saqlash sharoitlari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi.
​Deputat tadbirkorlar va sotuvchilar bilan muloqot qilib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, mahsulotlar yaroqlilik muddatiga qat’iy amal qilish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Mahallada savdo madaniyatini yuksaltirish va aholi ehtiyojlarini to‘laqonli qondirish borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.

Slide 1 of 2