O‘rganish davomida hudud aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud suv tarmoqlarining texnik holati, suv yetkazib berish xizmatlari samaradorligini oshirish hamda sohaga oid amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.
Shuningdek, tizimdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilinib, xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.