Tashrif davomida mas’ullar Xitoyning yirik investor va kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Muzokaralarda Toyloq tumaniga investitsiyalar jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda eksport salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, delegatsiya xalqaro biznes-forumlar va investitsion anjumanlarda faol qatnashib, tumanining iqtisodiy imkoniyatlari, qulay investitsion muhiti va istiqbolli loyihalari haqida taqdimotlar o‘tkazmoqda.
Uchrashuvlar davomida manfaatli taklif va hamkorlik tashabbuslari ilgari surilib, kelgusida tumanda yangi ish o‘rinlari yaratish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishilishi kutilmoqda.
🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi