Yangiliklar

#deputatlik_faoliyati

#Deputatlik_faoliyati

Nurafshonda maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashi deputatlari , kotibiyat mudiri K.Umarboev hamda Adolat SDP va XDP partiyasi raislari bilan birgalikda boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalarida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, go‘sht mahsulotlari sifati, sanitariya-gigiyena holati va ta’lim-tarbiya jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan joyida choralar ko‘rildi. Mas’ullarga xizmatlar sifatini oshirish va muammolarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 3