Yangiliklar

Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi

Deputat hududdagi ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 35-"Mirbozor" saylov okrugidan saylangan deputati Yodgorbek Jo‘rayev tomonidan Paxtachi tumanidagi "Sh. Nazar" va "Chorgusha" mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

🤝 O‘rganish davomida mahalla "yettiligi" faoliyati, hududdagi ijtimoiy soha obyektlari hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

🏫 Xususan, "Chorgusha" MFY hududida joylashgan 120 o‘rinli 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ikki oydan buyon faoliyat yuritmayotgani aniqlanib, bu holat fuqarolarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgani qayd etildi.

📝 Mazkur masalani ijobiy hal etish, maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tiklash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni vakillik organlari darajasida ko‘rib chiqish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5