Yangiliklar

Buyuk Turon mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Buyuk Turon mahallasida mahalla yettiligi faoliyati va fuqarolar murojaatlari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tomonidan Buyuk Turon mahallasida mahalla yettiligi vakillari hamda fuqarolar ishtirokida navbatdagi uchrashuv va sayyor qabul tashkil etildi.

🤝 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim hamda profilaktika inspektori faoliyati yuzasidan fikr almashildi.

📝 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash, tungi yoritish tizimini yaxshilash, ichimlik suvi va kommunal xizmatlar sifati, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, hududni obodonlashtirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, bolalar sport maydonchalari, jamoat transporti hamda aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq qator murojaatlar bildirildi.

🔎 Deputat Nigora Eshmetova har bir murojaatni alohida tinglab, ularning mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rgandi. Ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa deputatlik nazoratiga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

📁 Shuningdek, uchrashuvda mahalladagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, jinoyatchilikning oldini olish, mahalla hududida qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish hamda fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Yakunda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish va hududdagi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy hamda infratuzilmaviy masalalarni amaliy hal etish Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3