Yangiliklar

🔰Saylov okruglaridagi o‘rganishlar.

🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Yakubov 23-“Shodlik” saylov okrugi hududida navbatdagi ishchi o‘rganishlarni olib bordi. “Navro‘z” MFYda anchadan buyon yechimini kutayotgan, aholi kundalik hayotiga bevosita daxldor bo‘lgan dolzarb masalalar va fuqarolar murojaatlarini tahlil qilishga qaratildi.

📌Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida quyidagi muammolar aniqlandi:

▫️“Muborak” ko‘chasida: Markaziy ichimlik suvi quvurida avariyaviy holat (yorilish) yuzaga kelgan bo‘lib, bu toza ichimlik suvining behuda isrof bo‘lishiga va atrofdagi xonadonlarda suv bosimining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.

▫️“Bog‘zor” ko‘chasida: Ushbu ko‘chadagi 10 dan ziyod xonadonni barqaror va sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash masalasi hamon muallaq bo‘lib qolmoqda.

🔸Mazkur kommunal muammolarni qisqa muddatlarda va sifatli bartaraf etish, ichimlik suvi tarmog‘ini qayta tiklash maqsadida soha mutasaddilariga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi.

Slide 1 of 5