Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILARÍ MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
DEPUTAT SORAW SHÍǴARÍLDÍ.
янв.21
📌DEPUTAT SAYLAWSHILARÍ MENEN USHIRASIW ÓTKERDI.
янв.21
ÚYRENIW JUMISLARI ALIP BARILMAQTA.
янв.21
🌱 13-14-mart kúnleri mámleketimizde ulıwma xalıqlıq qayırqomlıq shembiligi ótkerilmekte.
янв.21
KORRUPCIYASIZ JÁMIYET – RAWAJLANIW KEPILI
янв.21
📌ДЕПУТАТ КӨШЕ БИЙЛЕРИ МЕНЕН УШЫРАСТЫ.
янв.21
Депутатлардың жумысын жаңа басқышқа алып шығыўға қаратылған әҳмийетли ушырасыў
янв.21
📌DEPUTATLÍQ QADAǴALAW ORNATÍLMAQTA.
янв.21
Өзбекстан Республикасы Президентиниң Пәрманы "Өзбекстан - 2030" стратегиясы ҳаққында
Xalq vakili saylovchilar bilan uchrashdi

Deputat- xalq vakili. U odamlar dardini tinglash, xalqning mehrini qozonish, ishonchini oqlash uchun saylangan. Bugun odamlar orasiga kirmay, ular bilan muloqot qilmay joylardagi muammolarga yechim topib bo‘lmasligi aniq.

Shu nuqtayi nazardan ular xalq vakili sifatida xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilishi kerak. Saylovchilar bilan ochiq muloqot yo‘lga qo‘yilgan joyda muammo bo‘lmaydi, farovonlik hukm suradi, o‘zgarish bo‘ladi.

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova Qo‘rg‘ontepa tumanining eng chekka hududidagi “Eshonobod”MFYda aholi vakillari hamda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Aholi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda deputat X.Xalilova yurtimizda xalq farovonligiga erishish va turmush darajasini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar va ayollarning bandligini ta'minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tomoqalardan unumli foydalanish, shuningdek migrasiya masalalari xususida batafsil so‘z yuritdi.

Ochiq muloqot tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda aholi vakillari tomonidan eski, 60 yillik elektr toki tortilgan simyog‘ochlarning nozosligi, “Eshonobod” mahallasining Zarkent ko‘chasi 3 km masofadagi yo‘lni ta'mirtala, bo‘sh turgan binodan aholi manfaatiga xizmat qiladigan sex tashkil qilish kerakligi kabi masalalar yuzasidan mahalla oqsoqoli Isroiljon Soliev tomonidan murojaat qilindi.

Xalq vakili keltirilgan muammolarni yechimi bo‘yicha muasaddi tashkilot rahbarlariga deputatlik so‘rovi yuborishini bildirdi.

Slide 1 of 4