Yangiliklar

Deputat nazoratida

Oʻzbekiston Adolat SDPdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, Kotibiyat mudiri Mansur Urazbayev deputatlik faoliyatining muhim yoʻnalishlari doirasida tuman hududidagi ijtimoiy soha obektlarining 2026-2027 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda isitish tizimlarining sozligini oʻrgandi va deputatlik nazoratini oʻtkazdi.

Deputat oʻrganish jarayonida tumandagi 6-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, taʼlim muassasasida oʻquvchilar va oʻqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagi masalalarga qaratildi:
❄️ Isitish tizimi holati: Qozonxonalarning tayyorgarlik darajasi, issiqlik quvurlarining izolyatsiyasi hamda sinf xonalaridagi harorat meʼyorlariga rioya qilinishi.

“Kuz-qish mavsumida farzandlarimizning issiq va xavfsiz sinf xonalarida taʼlim olishini taʼminlash — eng ustuvor vazifalarimizdan biridir. Yongʻin xavfsizligi va isitish tizimidagi har bir kichik kamchilik ham eʼtibordan chetda qolmasligi shart.”

Slide 1 of 3