Sessiya kun tartibiga “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarning 2024-yilda viloyatdagi ijrosi, umumfoydalanuvdagi avtomobil yoʻllarini taʼmirlash, maktabgacha va maktab taʼlimi sohada oʻtgan yilda amalga oshirilgan ishlar va boshqa bir qator dolzarb masalalar kiritildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
Sessiya ishida viloyat hokimi Joʻrabek Raximov ishtirok etdi va soʻzga chiqdi. Deputatlar tomonidan qizgʻin muhokamalardan keyin koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.