O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to‘g‘risida”gi PF-143-sonli Farmoni va 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-sonli qaroriga asosan mahalllarda tashkilotlar rahbarlari va mahalla yettiligi bilan birgalikda o‘rganishlar olib borildi. Birinchi navbatda shahardagi 450 ta kambag‘al oilalar tanlab olinib, ularga 90 nafar viloyat va
shahar darajasidagi rahbarlar biriktirilgan.
Biriktirilgan shahar va viloyat rahbarlarining xonadanbay ishlarini tashkillashtirilganligi yuzasidan deputatlik monitoringni olib borilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati R.Boltayev Urganch shahar Toza-bog’ mahallasida yashovchi kambag'al oilalardan xabar oldi.