"Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va iqtidorini rag‘batlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Sessiyada qabul qilingan mazkur qaror orqali “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, “Prokuror kubogi” musobaqalari g‘oliblarini munosib taqdirlash hamda “Yoshlar oyligi” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishga yo‘naltirilayotgani alohida e’tiborga loyiq. Eng muhimi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli, samarali va shaffof sarflanishi, har bir tashabbusning yoshlar manfaatiga xizmat qilishi ustidan deputatlik nazorati izchil olib boriladi. Chunki bugungi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar – ertangi taraqqiyotimizning mustahkam poydevoridir."
deya deputat Qo‘shnazarov Dilmurod
Dilshod o‘g‘li o‘z munosabatini bildirdi.