Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Qorasuv mahallasida ko‘p qavatli turar-joy qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. Gapparov, viloyat Kengashi deputati H. Qudratova, Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Valieva hamda tuman Kengashi deputati Z. Nuriddinov tomonidan Qorasuv mahallasi hududida joylashgan "Yusufxos Xojib" MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan 7 qavatli turar-joy binosi qurilishi joyida o‘rganildi.

© O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, ob’ektning tasdiqlangan loyiha hujjatlariga muvofiqligi, qurilish sifatini ta’minlash, mehnat xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi.

© Shuningdek, mazkur ko‘p qavatli uy-joy majmuasining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi, hududni obodonlashtirish, avtoturargoh, bolalar maydonchasi va aholi uchun qulay infratuzilmani yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 6